Bog‘ot tumani hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘risida
Bog‘ot tumani hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘risida
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlar korish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
So‘rovlarni qabul qilish
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov axborotdan foydalanuvchining davlat organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan, elektron hujjat shaklidagi) talabidir. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ularning faoliyati to‘g‘risida axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega.
So‘rovlar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak. Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir.
So‘rovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin. Quyidagilar so‘rov hisoblanmaydi:
jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari;
taqdim etilishining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan axborotning ayrim turlari;
davlat organining boshqa organlarga ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishga doir so‘rovlari.
Axborotdan foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, so‘rovda ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
Umumiy qoidalar
Axborotdan foydalanuvchi Bog‘ot tumani hokimligiga og‘zaki yoki yozma shaklda yoxud elektron hujjat shaklida so‘rov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi so‘rovlar Bog‘ot tumani hokimligining rasmiy veb-sayti, elektron pochta manzili yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. So‘rovlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash Bog‘ot tumani hokimining qarori bilan belgilangan so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi. So‘rov pochta orqali kelib tushganda, so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan konvertda so‘rov mavjudligi tekshiriladi. Konvertda so‘rovning yoki so‘rovda ko‘rsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (so‘rov va u yuborilgan konvert bilan birga) so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yuboriladi.
Elektron hujjat shaklida so‘rov tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa-navbatdagi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.
Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rov anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi. So‘rov anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada so‘rovni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. So‘rovni anonim deb e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosa so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan ijrodan olinadi.
Avvalgi so‘rovlar bo‘yicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy so‘rov kelib tushgan paytda ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, avvalgi so‘rov o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan so‘rov takroriy deb hisoblanadi.
Takroriy so‘rovga u kelib tushgandan so‘ng navbatdagi ro‘yxat indeksi berilib, so‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnalida yoki elektron hujjat aylanish tizimida “takroriy” deb qayd etiladi. Aynan bir axborotdan foydalanuvchining so‘rovi nusxasi so‘rov dublikati hisoblanadi. Bog‘ot tumani hokimligiga so‘rov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu so‘rovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta ro‘yxatga olingan so‘rovning tartib raqami va undan so‘ng bosh harfda “/D” belgisi hamda so‘rov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi (masalan, so‘rov birinchi marta 2016-yil 10 martda 10-1-25 bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, so‘rov dublikati ham kelib tushganda, “2016-yil 10 mart, 10-1-25/D” kabi ro‘yxatga olinadi).
So‘rovlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
So‘rov Bog‘ot tumani hokimligining rasmiy elektron pochtasiga kelib tushgandan so‘ng, u so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan so‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi. So‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnali yoki elektron hujjat aylanish tizimida so‘rov qabul qilingan sana, so‘rovning tartib raqami, so‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi (yuridik shaxslar uchun - yuridik shaxsning to‘liq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, so‘rovning qisqacha mohiyati, agar so‘rov dublikat yoki takroriy bo‘lsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda so‘rov ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Axborotdan foydalanuvchi o‘z so‘rovini u ko‘rib chiqilgunga qadar va ko‘rib chiqilayotgan vaqtda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.
So‘rovlarni qayta ishlash
Qabul qilingan va ro‘yxatga olingan so‘rovlar bir ish kuni ichida Bog‘ot tumani hokimi yoki uning o‘rinbosariga rezolyutsiya (so‘rovni ijro etish bo‘yicha ko‘rsatma) qo‘yish uchun kiritiladi. Rezolyutsiyada so‘rovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linma(lar) rahbarining familiyasi, topshiriq mazmuni aks ettiriladi hamda davlat organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va sana qo‘yiladi. Rezolyutsiya yozilganidan so‘ng, so‘rov so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan so‘rovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linma xodimiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. So‘rovlar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
4-07-2024, 13:39
Вернуться назад