1.Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot.
2.Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborot, qonun hujjatlarida belgilangan
hollar bundan mustasno.
3.Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif to‘g‘risidagi axborot, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
4.Yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan
pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri to‘g‘risidagi axborot.
5.Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma’lumotlar.
6.Qonun hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir ma’lumotlar.
7.Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar.
8.Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sug‘urtalash va vasiyat siri.
9.Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar.