DataLife Engine / E'lon

E'lon

Bog'ot tumanida 2025-yil hosilidan urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun 2024-yil 15-iyuldan 15-avgustgacha tender o‘tkaziladi. Tender savdolarida qatnashuvchi fermer xo‘jaliklaridan 2024-yil 15-iyuldan boshlab tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida arizalar qabul qilinadi. Bug‘doyning super elita, elita va keyingi avlodlaridan urug‘lik yetishtirish va sotish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati quyidagicha:

tanlov komissiyasiga ariza;
xo‘jalikning yer unumdorligi to‘g‘risida tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limidan ma’lumotnoma;
xo‘jalikning suv ta’minoti, yerlarning sho‘rlanish darajasi to‘g‘risida tuman melioratsiya bo‘limi tomonidan ma’lumotnoma;
xo‘jalik rahbarining ma’lumoti va mutaxassisligi to‘g‘risidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan xujjat nusxasi;
xo‘jalikda texnika vositalarining texnik pasportlaridan ko‘chirma;
mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
fermer xo‘jaligining hisob varaqasidagi majburiyatlardan ozod mavjud pul mablag‘i yoki mol-mulkning bahosi va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat;
tuman statistika bo‘limidan so‘ngi 3 yil davomida g‘alla sotish bo‘yicha shartnomalarning bajarganligi to‘g‘risida ma'lumot.

Murojaat uchun: 31-51-836, 31-51-725.
23-07-2024, 21:23
Вернуться назад