DataLife Engine / E'lon

E'lon

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to'g'risida”gi 291-sonli qaroriga asosan Bog'ot tumani Mudofaa ishlari bo'limi tomonidan 2025-yilgi chaqiruv oldidan chaqiriluvchilarni muddatli (1 yillik) harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatlariga tanlab olish tadbirlari olib borilmoqda. Tanlov tadbirlarida qatnashib, jismoniy tayyorgarlik sinovlari va yakka tartibdagi suhbatlardan muvaffaqiyatli o'tgan chaqiriluvchilar quyidagi qo'shin turlariga tayinlanadi:

Milliy gvardiya qo'shinlari;
Mudofaa vazirligi qo'shinlari;
Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari;
Davlat xavfsizlik xizmati qo'shinlari;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo'shinlariga.

Tanlov asosida saralash, 1998-2007-yillarda tug'ilgan fuqarolarni muddatli harbiy (1 yillik) xizmatga tayyorgarlik ishlari 2024-yil 10-avgust kunidan e'tiboran faoliyat yuritmoqda. Tanlov va saralash ishlari tuman mudofaa ishlari bo'limida tanlov kengashi raisi va aʼzolari ishtirokida o'tkaziladi.

Ma'lumot uchun Qurolli Kuchlar tarkibini butlash 2024-yil 10-avgust kunidan 2025-yil 10-fevral kuniga kadar umumjismoniy tayyorgarlik sinovi va yakka tartibdagi suhbatlar asosida o'tkaziladi. Muddatli harbiy (1 yillik) xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarga Oliy talim muassasalariga o'qishga kirish uchun 5 foizli kvota, oliy harbiy bilim yurtlariga kirish uchun o'zi to'plagan balning 50 foizi miqdorida qo'shimcha ball olish uchun tavsiyanoma hamda yuqorida ko'rsatilgan qo'shin turlarida shartnoma asosida ishda qolish imkoniyatlari mavjud. Chaqiriluvchilar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (shanba va yakshanbadan tashqari) Bog'ot tumani mudofaa ishlari bo'limiga kelib murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun Bog'ot tumani mudofaa ishlari bo'limi telefon raqamlari: 62-31-51-981; 62-31-51-508; 93-070-22-26.

7-08-2024, 17:08
Вернуться назад