Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani "Oq tepa" mahallasi xotin-qizlar faoli fuqarolarning bola puli uchun bergan hujjatlarini tuman Pensiya jamg'armasiga topshirmagani yuzasidan tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Mazkur holat o'rganilganda, mahalla xotin-qizlar faoli fuqarolarning bola puli uchun hujjatlarini ulardan olganligi hamda hujjatlarni MFY raisiga topshirgani aniqlandi. Mahalla raisi esa hujjatlarni o'z vaqtida tuman Pensiya jamg'armasiga yubormagani aniqlandi. Hozirda fuqarolarning bola puli uchun hujjatlari tuman Pensiya jamg'armasiga topshirilganligini ma'lum qilamiz.
28-03-2024, 04:35
Вернуться назад