Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani markazidagi ko'chalardan birida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari aks etgan holat yuzasidan tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Tarmoqlarda tarqalgan mazkur xabar Bog'ot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi. Aniqlanishicha, ushbu holat Bog'ot tumani markazidagi Feruz ko'chasida aks ettirilgan bo'lib, yo'lning bunday ahvolga kelishiga markazlashgan oqova suv quvuri o'tkazilganligi va quvur o'tkazgan tashkilot tomonidan qilingan ishlar to'liq foydalanish uchun dalolatnoma asosida qabul qilinmaganligi sabab bo'lgan. Hozirda yuqoridagi holat bo'yicha kamchiliklar rasmiylashtirilib yo'lning ta'mirtalab qismi quruvchi tashkilot tomonidan qaytadan ta'mirlab berilishini ma'lum qilamiz.
9-04-2024, 06:25
Вернуться назад