Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog’ot tumani “Bog’zor” mahallasida yashovchi fuqaroning subsidiya asosida tikuv mashinasi xarid qilish bo’yicha qilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Bog’zor” mahallasida yashovchi R.Abdikarimovning Sh.Miliqo'ziyeva uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi xarid qilish bo’yicha yo’llagan murojaati Yoshlar ishlari agentligi Bog’ot tumani boshqarmasi tomonidan o’rganib chiqildi. O’rganish natijalariga ko’ra, fuqaroning subsidiyaga tikuv mashinasi xarid qilish haqidagi murojaati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori 6-bob 7-ilovasida ko‘rsatilgan toifalarga to‘g‘ri kelganligi sababli mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilib, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan navbati bilan Vasiylik kengashi qarori asosida subsidiyaga tikuv mashinasi berishilishini ma’lum qilamiz.
13-04-2024, 01:05
Вернуться назад