DataLife Engine / Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Bog'zor mahallasida yashovchi fuqaroning subsidiya olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

O'rganish jarayonida fuqaro tomonidan “Online-mahalla.uz” elektron platformasi orqali ariza bilan murojaat qilingani aniqlandi. Murojaatga mahalla hokim yordamchisi tomonidan rejalashtirgan faoliyatni amalga oshirish uchun subsidiya mablag'ini ajratish maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi ijobiy tavsiyanoma berilganligini, shuningdek, markaz rahbarining ham ijobiy xulosasi berilganligiga qaramasdan viloyat hududiy boshqarmasining subsidiya ajratish to'g'risidagi buyrug‘i chiqarilmagani aniqlandi. Bugungi kunda hududiy boshqarmaning tegishli buyrug'i chiqqan bo‘lib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilganligi va mahsulot tez kunlarda yetkazib berilishini bildiramiz.

28-06-2024, 11:00
Вернуться назад