Itimoiy tarmoqlarda "Bog'ot tumanidagi tibbiyot birlashmasi bosh shifokori ta'mirlash ishlari uchun pul yigʻib olganiga ancha vaqt boʻldi. Negadir taʼmirlash ishlari boshlanmagan. Tibbiyot birlashmasi holati eskiligicha qolib ketmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz. Tarmoqlarda tarqalgan mazkur xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini, tuman tibbiyot birlashmasida taʼmirlash ishlari rejalashtirilmaganligi hamda xodimlardan pul yigʻish holatlari boʻlmaganligini va bu boʻyicha hech qanday topshiriq berilmaganligini maʼlum qilamiz. Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni so'rab qolamiz.
Ma'lumot uchun, tuman tibbiyot birlashmasi oxirgi marta 2014-yilda kapital taʼmirlangan. Bugungi kunda birlashmaning asosiy va qoʻshimcha binolarini kapital taʼmirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2027-yilgi ish reja dasturiga kiritish toʻgʻrisida taklif berilganligini maʼlum qilamiz.