Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Bog'zor mahallasida ikki oydan buyon yoshlar yetakchisi lavozimi ochiqligicha qolmoqda sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Bugungi kunda Bog'ot tumanidagi idora va tashkilotlardagi bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumotlar doimiy tarzda Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portaliga joylashtirilib borilmoqda. Tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. O'z navbatida Yoshlar ishlari agentligi Bog'ot tumani bo'limi tomonidan mazkur platforma orqali mahallalardagi vakant yoshlar yetakchisi lavozimlari uchun hujjatlar qabul qilinib, tegishli mezonlarga to'g'ri kelgan, test sinovlari hamda suhbat jarayonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar yoshlar yetakchisi lavozimlariga tayinlanmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati