Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Nurli maskan mahallasidagi O'zgarish ko'chasi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi I mavsumida g'olib chiqqan bo'lishiga qaramasdan haligacha ta'mirlab berilmagani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi I mavsumida g'olib bo'lgan Bog'ot tumanidagi barcha loyihalar bo'yicha ishlar tez kunlarda boshlanishini ma'lum qilamiz. Tarmoqlarda ishlar bir yildan buyon ortga surib kelinayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati.