Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Bog'zor mahallasida yashovchi fuqaroning yer ustidan o'tkazilishi kerak bo'lgan elektr simlari yer ostidan ostidan o'tkazilganidan noroziligini bildirgan murojaati tarqaldi.
Mazkur murojaat tuman elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganildi hamda kamchiliklar ijobiy tomonga bartaraf qilindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati.