DataLife Engine / Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Navro'z hamda Bog'ot ko'chalari kesishmasida qurilgan ko'p qavatli turar joylar haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi yer maydoni "CODIRIYCONSTRUCTION" MCHJga tegishli bo‘lib, tuman hokimining 2020-yil 31-oktyabrdagi 2339k-sonli qarori bilan ko‘p qavatli turar joy qurishga ruxsat berilgan va 2023-yilda qurib bitkazilgan. Qurib bitkazilgan ko‘p qavatli turar joyning kanalizatsiya tarmog’i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli qarori asosida qurilgan tarmoqqa ulangan.
Keyinchalik ushbu ko‘p qavatli turar joyning bo‘sh turgan yer maydonida tadbirkorning tashabbusiga asosan yana 2 ta 1 yo‘lakli 5 qavatli turar joy qurish uchun belgilangan tartibda Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi yig‘ilishining 2023-yil 6-oktyabrdagi №45-sonli yig’ilish bayoni bilan maqullangan. Hozirda yuqoridagi ko‘p qavatli turar joylar loyiha hujjatlari asosida belgilangan tartibda 2024-yil 2-iyulda Hududiy qurilish sohasida nazorat inspeksiyasidan qurilish montaj ishlarini boshlash uchun ob’ekt ro’yxatdan o’tkazilib, qurilish ishlari davom etib turganligi va loyihada bolalar maydonchasi va avtoturargoh nazarda tutilganligi hamda asosiy binoning qurilish ishlari tugatilgach avtoturargoh va bolalar maydonchalari qurilishini bildiramiz.

Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni so'rab qolamiz.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati


11-08-2024, 18:22
Вернуться назад