Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Oq tepa mahallasi feruz ko'chasidan o'tgan avtomobil yo'lida amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari oxiriga yetkazilmagani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmyadi. Mazkur ko'chadagi nosozliklar fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatidan keyin ijobiy hal qilinganini ma'lum qilamiz. Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni so'rab qolamiz.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati