Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan qo‘l ostida ishlovchi xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Majburiy mehnatga majburlanmoqdamiz” mazmunida tarqalgan xabarlar konteksdan kesib olinganini, aslida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i mahalladagi xotin-qizlar faollariga o‘z mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz hamda daromadi kam fuqarolarni ko‘ngilli tarzida paxta terimiga jalb qilgan holda ularni qo‘shimcha daromadli bo‘lishiga yordamlashish zarurligi xususida to‘xtalgan. Biroq, “Ishlaydigan va ishlashni talab qiladigan rahbarlar, tanbal xodimlarga hech qachon yoqmaganligi” bois mahalladagi ayrim xotin-qizlar faollari tuman oila va xotin qizlar bo‘limi rahbarining so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilib, konteksdan yulib olgan holda tarmoqlarda tarqalishiga sababchi bo‘lishgan.
Tarmoqlarda tarqalgan mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan, hech qanday asosga ega bo‘lmagan axborotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati