DataLife Engine / Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Bog'zor mahallasi aholisiga sifatsiz ko‘mir tarqatilayotgani, sifatli ko‘mir esa ko‘mir omboriga kiritilib, tadbirkorlarga sotilayotgani, ular ombordan sifatli ko‘mirni olib, tonnasini 1 million so‘mdan aholiga sotayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Bugungi kunda Bog'ot tumanidagi tabiiy gazdan uzilgan mahallalarda yashovchi fuqarolar uchun reja-grafik asosida "Koʻmir taʼminot” MCHJ Bogʻot tuman filialida hech qanday cheklovlarsiz ko'mir yoqilg'isi bir xil narxda sotilayotganini ma'lum qilamiz. 

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
8-12-2024, 15:30
Вернуться назад