DataLife Engine / BEMORLARGA YANGI YIL SOVG‘ALARI ULASHILDI

BEMORLARGA YANGI YIL SOVG‘ALARI ULASHILDI

Tuman hokimi Qorbobo va Qorqiz bilan birgalikda yangi yil oldidan bemorlarni bayram sovg'alari bilan xursand qildilar. Ijodiy jamoamiz bilan bu jarayoda bevosita ishtirok etar ekanmiz bemorlarning ko'zidagi bayram shukuhi yana ikki karra ortdi desak adashmagan bo'lamiz. Bemor otaxonu onaxonlarimiz qo'llarini duoga ochib yangi yil yurtimizga sog'lik, baxt, omad olib kelishini so'rab duo qildilar. Bayram arafasi sovg'a-salomlar bilan bemorlar ahvolidan xabar olish tumanimizda «Inson qadri uchun»qilinayotgan ishlardan biri desak ham mubolog'a bo'lmaydi. Tabassumga burkansin dunyo,Qordek oppoq bo'lsin dilingiz,Bo'lsin qordek toza musaffo,Qadam qo'ygan Yangi Yilingiz! BOG'OT TUMAN HOKIMLIGI BARCHA YURTDOSHLARIMIZNI ESHIK QOQIB KELAYOTGAN YANGI 2022 YIL BILAN SAMIMIY QUTLAYDI!
30-12-2021, 11:27
Вернуться назад