DataLife Engine / ISHCHI GURUH TOMONIDAN BOG‘OT TUMANIDA “DAVLAT TILI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSINING AMALDA BAJARILISHI NAZORAT QILINMOQDA

ISHCHI GURUH TOMONIDAN BOG‘OT TUMANIDA “DAVLAT TILI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSINING AMALDA BAJARILISHI NAZORAT QILINMOQDA

Bugun tuman ishchi guruhi tomonidan Bogʻot tumanining markaziy koʻchalaridagi, nahallalardagi yozuvlar hamda davlat idoralari, xususiy korxonalar, oziq-ovqat va kiyim-kechak doʻkonlari, xizmat koʻrsatish shoxobchalari oldiga oʻrnatilgan peshlavhalar, bannerlarda aks etgan yozuvlar, ulardagi turli xildagi xatoliklar hamda ularning “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiqligi oʻrganilib chiqildi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar hamda ularni qisqa fursatlarda bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlar masʼullariga Bogʻot tumani hokimi maslahatchisi Dilafruz Abdullayeva, Axborot xizmati rahbari M.Abdullaeva, Bog‘ot tumani hokimligi yurist-konsulti Murod Bobojonov, Ma’naviyat bo‘limi bosh mutaxassisi U.Otajonovalar tomonidan koʻrsatmalar berildi.
22-02-2022, 02:07
Вернуться назад