DataLife Engine / ZULFIYAXONIMNING 107 YILLIGI AXBOROT KUTUBXONA MARKAZIDA KENG NISHONLANDI

ZULFIYAXONIMNING 107 YILLIGI AXBOROT KUTUBXONA MARKAZIDA KENG NISHONLANDI

Atoqli, xassos oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tugʻilgan. Shoira Zulfiyaning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni haqida mushohada yuritilganda, ijodining asosi Vatanga bo‘lgan muhabbat, uning go‘zalligi, tabiat manzaralari, ishq-muhabbat, bahordan zavqlanib yashash ruhi bilan sug‘orilgan mavzularga boy ekanligiga amin bo‘lasiz. Bog‘laring gullarga burkangan bahor,Ilk sevgi qalbimga kirdi yashirin.Salqin kechalarni o‘tkazib bedor,Toshqin suvlaringga aytdim ishq sirin. Bu she'riy satrlar shoiraning ilk she'rlaridan bo‘lsa, “Bahor keldi seni so‘roqlab“ she'ri Zulfiyaning otashqalb shoir Hamid Olimjonga bo‘lgan muhabbatining xijron nidosidir. Zulfiya ayriliqning birinchi bahori kelganini va u Hamid Olimjonni yo‘qlaganini mazkur she'rida badiiy ifodalagan. M.SABUROVABOG‘OT TUMANI AKM RAHBARI
1-03-2022, 01:07
Вернуться назад