DataLife Engine / BOG'OT TUMANI MAHALLALARI O'RTASIDA ZAKOVAT INTELLEKTUAL O'YINI BO'LIB O'TDI!!!

BOG'OT TUMANI MAHALLALARI O'RTASIDA ZAKOVAT INTELLEKTUAL O'YINI BO'LIB O'TDI!!!

 2022-yil 6-mart kuni "HOKIM KUBOGI" uchun mahallalar o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining SINXRON turniri bo'lib o'tdi! Ushbu turnirda Xorazm viloyatidagi barcha tuman mahallalari bir vaqtni o'zida bir xil savollar paketini o'ynashdi. O'yin so'ngida har bir tuman g'olibi aniqlanib, VILOYAT bosqichiga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. Bog'ot tumanidan 43 ta mahalladan jami 300 nafardan ziyod turli yoshdagi bilimdonlar ishtirok etishdi. Turnir juda ko'tarinki ruhda o'tib qiziqarli savollarga boy bo'ldi. Bog'ot tumanidagi eng kuchli bilimdonlardan tashkil topgan g'olib jamoalar turli qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.  G'OLIBLAR BILAN TANISHING: 1-O'RIN - "YOSH O'SMIR" MFY2-O'RIN - "MADANIYAT" MFY3-O'RIN - "HURRIYAT" MFY  Turnirning tuman bosqichi "Zakovat" intellektual klubi Xorazm viloyati filiali, Bog'ot tumani koordinatori Dilmurod Ro'zmetov tomonidan olib borildi.  Savollar "Zakovat" intellektual o'yini Xorazm viloyati koordinatori Azamat Matkarimov tomonidan tayyorlandi.
7-03-2022, 09:43
Вернуться назад