DataLife Engine / BOG‘OTDAGI “XORAZM TEX” MAHSULOTLARI MISRDA

BOG‘OTDAGI “XORAZM TEX” MAHSULOTLARI MISRDA

Misrlik tadbirkorlarning O‘zbekiston mahsulotlariga, Bog‘ot tumanidagi “Xorazm TEX” korxonasiga qiziqishi juda katta bo‘lmoqda. Joriy yilning mart oyi oxirida 250 dan ortiq misrlik yirik tadbirkorlar O‘zbekistonga bisnes tashrifi tashkillashtiriladi. Misr to‘qimachilik sanoati uyushmasi va savdo-sanoat palatasi O‘zbekistondagi hamkasblari bilann birgalikda ushbu biznes tashrifni tashkillashtirmoqda, deb xabar bermoqda Misrda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmaning faol ishtirok etayotgan “Xorazm TEX” korxonasi vakili, Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi deputati SARVARBEK NURMETOV. Bog‘ot tumani tom ma’noda engil sanoti eng rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rgazmada qatnashayotgani bog‘otliklarning qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldirmoqda. Sarvarbek Nurmetovday yurt farovonligi yo‘lida fidokorona mehnatlari bilan xalq tinchligiday oliy niyat yo‘lida chet ellar bilan hamkorligimiz mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan yoshlarimiz bilan faxrlanamiz. Yuqoridagi rasmda o‘ng tarafda birinchi Sarvarbek Nurmetovni ko‘rmoqdasiz.
9-03-2022, 12:13
Вернуться назад