Aziz Ichki ishlar tizimi fidoyilari! Hurmatli Bog‘otlik IIB faxriylari!
Avvalo, sizlarni Ichki Ishlar organlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda “25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” kasb bayramlaringiz bilan samimiy tabriklayman.
Xalqimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan xizmatingiz har doim e’tirofga loyiq.
Bayram-u dam olish kunlarida ham tun-u kun xavfsizlikni ta’minlash uchun qilayotgan mehnatingizni xalqimiz yuksak qadrlaydi.
Yaratgan el-yurt osoyishtaligi yo‘lidagi zahmatingiz ajrini nasib etsin!
Sharafli va mas’uliyatli kasbingizda muvaffaqiyatlar, oilangizga xotirjamlik va mustahkam sog‘lik tilayman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
SHAVKAT YAXSHIBAEV, Bog‘ot tumani hokimi
25-10-2022, 09:50
Вернуться назад