DataLife Engine / ODOB - AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH -- HAR BIR DAVLAT XIZMATCHISINING MAJBURIYATIDIR !!!

ODOB - AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH -- HAR BIR DAVLAT XIZMATCHISINING MAJBURIYATIDIR !!!

ODOB - AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH -- HAR BIR DAVLAT XIZMATCHISINING MAJBURIYATIDIR Bugun Bog‘ot tumani hokimligida “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 595-sonli qarorining mazmun mohiyatini davlat xizmatchilari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda Xorazm viloyati Tashkiliy -kadrlar guruhi rahbari Sattarov G‘anijon Azadovich Davlat xizmatchilarining nafaqat xizmatni o‘tash vaqtida, balki, xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi zarurligi haqida ham ma’lumotlar berdi. Targ‘ibot yakunida ishtirokchilarga qaror targ‘ibotiga doir uslubiy materiallar hamda tavsiyalar berildi.
27-10-2022, 10:50
Вернуться назад