DataLife Engine / BOG‘OT TUMANIDA «YASHIL MAKON» LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI!!

BOG‘OT TUMANIDA «YASHIL MAKON» LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI!!

BOG‘OT TUMANIDA «YASHIL MAKON» LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI Bugun Bog‘ot tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida amaliy seminar hamda ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri va mutaxassislari, tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari ishtirok qildilar. Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan ko‘chatlarning ekilishi va parvarish qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, tumandagi 25-son maktab hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Loyiha doirasidagi tadbirlar viloyatimizdagi barcha maktablarda qizg‘in davom etmoqda.
27-10-2022, 12:35
Вернуться назад