DataLife Engine / BOG‘OTDA YOSHLAR MUROJAATLARI BO‘YICHA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA?

BOG‘OTDA YOSHLAR MUROJAATLARI BO‘YICHA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA?

BOG‘OTDA YOSHLAR MUROJAATLARI BO‘YICHA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA? Vazirlar mahkamasining 341-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha bugun Bog‘ot tumani “Qalajiqqal’a” mahallasida yashovchi Ro‘zmetov Shomurodga sartaroshlik qilishi uchun 3 million so‘mlik asbob-anjomlari yetkazib berildi. Sh.Ro‘zmetov oqqon kasalligi bilan hastalanganligiga qaramasdan o‘zining sevimli hunari bilan oilasiga daromad keltirishni maqsad qilgan. Shuningdek ushbu mahallada yashovchi Ruzmetov Rustamga oilaviy tadbirkorlik qilish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 9 million so‘mlik subsiydia ajratildi. Yani subsidiya asosida tamaddixona faoliyati uchun zarur bo‘lgan grill va gamburger pishirish apparati ajratilgan. E’tiborga loyiq yana bir jihat, Bog‘ot tumani “Paxtaobod” MFY binosida Yoshlar yetakchisi Ro‘ziboev Akmal tashabbusi bilan 500 dona kitob fondiga ega bo‘lgan Mahalla kutubxonasi tashkil etildi. Ma’lumotlar Yoshlar agentligi Telegram  kanaliidan olindi.
1-11-2022, 12:50
Вернуться назад