DataLife Engine / Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi!!!

Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi!!!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi viloyat olimpiadasi g'olibi. Yaqindagina Agentlik tizimida tashkil etilgan Bog'ot ixtisoslashtirilgan maktabi ta'lim sohasida yangidan yangi g'alabalarni qo'lga kiritmoqda. 5-6-noyabr kunlari Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichida matematika fanidan 10-sinf o'quvchisi Komilova Dilnura Aminboy qizi butun viloyat miqyosida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Dilnuraning ustozi fidoiy pedagog Bobojanova Nazirjon Rajabovna hisoblanadi. Maktab jamoasining kelgusidagi kasbiy faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz! G'alabalar davom etadi!
6-11-2022, 10:25
Вернуться назад