DataLife Engine / SAYYOR QABUL!!!

SAYYOR QABUL!!!

Kuni kecha Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev boshchiligida Bog'ot tumanidagi 4-sonli bolalar musiqa maktabida sayyor qabul bo'lib o‘tdi. Sayyor qabulda Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Bog'ot tuman hokimi Shavkat Yaxshibayev, tuman adliya bo‘limi xodimlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi, boshqa mutassaddi tashkilotlar mas’ullari va MFY raislari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda hududda fuqarolarni qiynab kelayotgan huquqiy muammolari tinglanib o‘rganildi va ularni hal etish choralari ko‘rildi.
15-11-2022, 10:30
Вернуться назад