DataLife Engine / BOG‘OTDA «DOLZARB 40 KUNLIK» DOIRASIDA KO'CHAT EKISH ISHLARI AVJI PALLADA!!!

BOG‘OTDA «DOLZARB 40 KUNLIK» DOIRASIDA KO'CHAT EKISH ISHLARI AVJI PALLADA!!!

BOG‘OTDA «DOLZARB 40 KUNLIK» DOIRASIDA KO'CHAT EKISH ISHLARI AVJI PALLADA Ayni damda Bog‘otliklar tomonidan har bir mahallada, har bir oilada «Dolzarb 40 kunlik» doirasidagi ko'chat ekish ishlari ko‘tarinki ruxda o'tkazilmoqda. «YASHIL MAKON» aksiyasida tumanimizdagi barcha muassasa, korxona, tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari ko'chat ekib faol qatnashmoqdalar. Xususan, Bog‘ot tumanidan o‘tgan katta Xazorasp- Bog‘ot magistral yo‘li bo‘ylariga ko‘chat ekishda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Marsel Quryozov boshchiligidagi boshqarma xodimlarining har biri ishda peshqadam bo‘lmoqdalar. Mazkur hududga kuni kecha ertalabdan obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan аrcha daraxti ko'chatlari ekildi. Tumanimizda «Dolzarb 40 kunlik» doirasidagi ko'chat o'tkazish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati.  
24-11-2022, 09:55
Вернуться назад