DataLife Engine / BIZ OILAVIY AJRIMLARGA QARSHIMIZ!

BIZ OILAVIY AJRIMLARGA QARSHIMIZ!

BIZ OILAVIY AJRIMLARGA QARSHIMIZ! Nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda ajrimni oldini olish bo‘yicha Bog‘it tumanida tuman hokimi o‘rinbosari D.Abdullaeva hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararoi sudi raisi S.Karimov bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqganlar xotin-qizlar faoli lavozimiga tayinlangan barcha faollarning namunali va ajrim yoqasidagi oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillarini aniqlash bo‘yicha fikr mulohazalar bildirdilar. Xususan, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullaeva o‘z nutqida ayrim hollarda ajrimga jiddiy sabab bo‘lmasada, nikohlanuvchilar sudga ariza berganliklari sababli nikohlanuvchilarni to‘ydan oldin targ‘ibot tadbirlariga keng jalb qilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. FIB tumanlararo sudi raisi S.Karimov oilaviy ajrimlarni oldini olishda jamoatchilik kengashini jalb qilish samara berishi to‘g‘risida ma'lumotlar berdi. BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
2-12-2022, 10:05
Вернуться назад