DataLife Engine / TUMANDA QISH MAVSUMNI BETALOFAT O'TKAZISH UCHUN TIZIMLI IShLAR OLIB BORILMOQDA

TUMANDA QISH MAVSUMNI BETALOFAT O'TKAZISH UCHUN TIZIMLI IShLAR OLIB BORILMOQDA

TUMANDA QISH MAVSUMNI BETALOFAT OTKAZISH UCHUN TIZIMLI IShLAR OLIB BORILMOQDA Bogot tumani hokimining 1- orinbosari Sanjarbek Qurbonov hamda tuman prokurori Alisher Ruzmetovlar hamkorligida Bosh prokuratura boshqarma boshligi U.Madraximov, Xorazm viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi T.Nurmetov boshchiligida Bogot tumanida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi yashash joylarida qish mavsumini betalofat otkazish, aholi xavfsizligi hamda bozorlarda narx -navo barqarorligini ta’minlash boyicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini organdilar. Kuz-qish mavsumini betalofat otkazish boyicha tuman hokimligida tashkil etilib faoliyat yuritib kelgan shtab, Bogot tumani IIBga kochirilib, Favqulodda vaziyatlar bolimi, elektr, gaz, suv ta’minoti korxonalari va boshqa mas’ul idora xodimlari biriktirildi hamda aniqlangan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish uchun viloyat shtabi bilan real vaqt rejimida videokonferensiya aloqa tizimi yolga qoyildi. Bogot tumanida asosiy turdagi qishloq xojaligi va oziq-ovqat zahirasini yaratish hamda bozordagi narx-navolar holati organilib, tumanda tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida dehqon xojaliklari va tumandagi oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan etarli miqdordagi mahsulotlar arzon narxlarda sotilishi yolga qoyilib, narxlarni barqarorlashtirish choralari korildi. Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlari va kop qavatli turar joylarning qish mavsumidagi holati bevosita kozdan kechirildi. Organishlarda, ichimlik suvi ta’minotida yuz bergan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun qoshimcha texnika vositalari jalb qilinishi ta’minlandi. Bundan tashqari mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holidan xabar olinib, qish mavsumini betalofat otkazishlari uchun komir yoqilgisi uylariga olib borib berildi. Bogot tumani hokimligi axborot xizmati
5-01-2023, 12:05
Вернуться назад