DataLife Engine / MAQSADIMIZ - HAR BIR FUQARONING BUGUNI VA ERTASI BILAN YASHAB, XALQNI ROZI ETISHDAN IBORAT

MAQSADIMIZ - HAR BIR FUQARONING BUGUNI VA ERTASI BILAN YASHAB, XALQNI ROZI ETISHDAN IBORAT

MAQSADIMIZ - HAR BIR FUQARONING BUGUNI VA ERTASI BILAN YaShAB, XALQNI ROZI ETIShDAN IBORAT Bog`ot tumanida shtab a’zolari tomonidan o`rganishlar hamda aholiga amaliy ko`mak berish ishlari davom etmoqda. Bog`ot tumani 3-sektorga qarashli «Tozabozor» MFYda viloyat IIB boshlig`i J.Sa’dullaev tuman sektorlari rahbarlari bilan birgadikda aholi bilan muloqotlar o`tkazdi. O`rganishda aholining muammolari, echimini kutayotgan turli mavzular bo`yicha sektor rahbarlari, hokimlik xodimlari tomonidan xonadonlarga borildi. Barcha 43 ta MFYlarda kunlik o`rganishlar tashkil etilishi davom etmoqda. Jumladan, hokimning 1- o`rinbosari S.Qurbonov, tuman prokurori Alisher Ruzmetov, IIB boshlig`i Ergashbek Ahmedov, tuman DSI boshlig`i Xushnud Jumaniyozovlar tomonidan xonadonbay o`rganishlar barobarida «Tozabozor» mahallasida murojaatlar ijrosini yakuniga etkazilganligi nazorat etildi. Ayni damda mahallalarda fuqarolar tomonidan echimini kutayotgan yana bir qator dolzarb mavzular bo`yicha har bir fuqaroning murojaatlari, taklif, istaklari eshitilmoqda va ularning amaldagi echimi bo`yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Maqsad: xalqni ishonchini oqlash, imkon qadar muammolarni operativ tarzda hal etish, mahallalar ahlining buguni va ertasi bilan yashashdan iborat. BOG`OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
6-01-2023, 10:05
Вернуться назад