DataLife Engine / Xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda.

Xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda.

Xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari Dilafruz Abdullayeva boshchiligida tumanimizdagi mavjud 43 ta mahallalarda ham xotin-qizlarni 4-bosqich "Ayollar daftari" ro‘yxatiga kiritish maqsadida xatlov jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bunda har bir mahallada 8 nafar mas'ullardan iborat ishchi guruh vakillari tomonidan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarning muammolari, oilaviy ahvoli va turmush sharoitlari o‘rganilgan holda, anketalar so‘rovlari asosida muhim ma'lumotlar yig‘ib borilmoqda. Qayd etish joizki, xatlov jarayoni 31-yanvarga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, 1-fevraldan 15-fevralgacha “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish yakunlanadi. Xatlov jarayonlarini amalga oshirishda uyma-uy kirib borish orqali ayollarning ijtimoiy ahvoli yaqindan o‘rganildi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati  
24-01-2023, 09:25
Вернуться назад