DataLife Engine / BOG‘OTLIK YOSHLAR MEHNAT BOZORI TALAB ETAYOTGAN KASBLARNING MOHIR USTASI VA CHILANGARLIK HUNARI EGASI BO‘LISHMOQDA

BOG‘OTLIK YOSHLAR MEHNAT BOZORI TALAB ETAYOTGAN KASBLARNING MOHIR USTASI VA CHILANGARLIK HUNARI EGASI BO‘LISHMOQDA

BOG‘OTLIK YOSHLAR MEHNAT BOZORI TALAB ETAYOTGAN KASBLARNING MOHIR USTASI VA CHILANGARLIK HUNARI EGASI BO‘LISHMOQDA Xorazm viloyati Bog'ot tuman 1-son kasb-hunar maktabida "WorldSkills" chempionatiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha kasb-hunar maktabi bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada 13-21 "Payvandlovchi" guruhida ta'lim olayotgan o'quvchilar ishtirok qildilar. O'quvchilar musobaqada fanlardan hamda amaliyotda egallagan bilimlari bo'yicha ikkita metal plastinani bir biriga 90 gradus qilib payvandlash va ikkita qalin metal plastinani bir-biriga uchma-uch qilib payvandlash, ikkita metal quvurlarni bir-biriga uchma-uch qilib payvandlash bo'yicha bellashdilar. O‘'quvchilar o'z ishlari bilan hammani lol qoldirdilar va qanchalik mahoratli ekanliklarini namoyon etdilar. Musobaqa so'ngida g'olib bo'lgan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi. Musobaqada 1- son kasb-hunar maktabi yoshlari hunar o‘rgatayotgan ustozlariga minnatdorlik izhor etishdi.
1-02-2023, 12:45
Вернуться назад