DataLife Engine / Giyohvandlikka qarshi kurashish -- barchamizning ishimiz

Giyohvandlikka qarshi kurashish -- barchamizning ishimiz

Giyohvandlikka qarshi kurashish -- barchamizning ishimiz Bugun Bog`ot tumanidagi 92-son AFChO`MI yig`ilishlar zalida fevral oyi «Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi» munosabati bilan davra suxbati bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo`linmasi rahbari v.v.b.M.Yusupova, «Saidmansur eshon bobo» masjidi imom-xatibi H.Munisov , tuman IIB bo`limidan xodimlar, tuman tibbiyot bo`limi xodimlari ishtirok qildilar. Uchrashuvda so`zga chiqqan Bog`ot tumani IIB xotin-qizlar bilan ishlash bo`limi inspektori, leytenant Nasiba Artiqova bugungi globallashuv jarayonlarida har bir yosh turli aldovlar qurboniga aylanmasliklari hamda ilm -ma’rifat, vatanparvarlik, shijoat va kuchli bilimlari bilan shu ona Vatanga munosib, sodiq farzand bo`lishlarini alohida ta’kidlab aytar ekan, o`qkvchilarga hayotiy misollar bilan giyohvandlikning o`ta og`ir, kechirilmas jinoyat ekanini tushuntirdi. Giyohvandlik va giyohfurushlik yosh avlod tarbiyasiga,insoniyat kelajagiga katta ziyon etkazayotgani butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgani va asr vabosiga qarshi kurashish har bir vatanparvar insonning burchi ekanini ta’kidlab o`tdi. O`zini shu yurt farzandiman deb bilgan,har bir fuqaro bu harakatdan chetda turmasligi kerak.Mazkur jarayon umumiy kurashga aylanmog`i shart. Shundagina minglab yoshlarimiz kelajagini, oilalarimiz osoyishtaligini saqlab qolgan bo`lamiz. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bog`ot tuman bo`linmasi rahbari v.v.b. Muborak Yusupova Bog`ot tumani hokimligi axborot xizmati
3-02-2023, 10:50
Вернуться назад