DataLife Engine / AYNI DAMDA «TUN» REYD TADBIRLARI O`TKAZILMOQDA

AYNI DAMDA «TUN» REYD TADBIRLARI O`TKAZILMOQDA

AYNI DAMDA «TUN» REYD TADBIRLARI O`TKAZILMOQDA Bog`ot tumanida muntazam ravishda, Tuman hokimligi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasining “Voyaga etmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarnig profilaktikasi to`g`risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan, voyaga etmaganlarning ota-onasi yoki ularning o`rnini bosuvchi qonuniy vakilisiz ko`ngil ochish, dam olish joylarida bo`lishiga yo`l qo`yish holatlarini aniqlash bo`yicha “Tun” tadbirlari davom qilmoqda, tadbir davomida ota-ona qaramog`isiz yurgan voyaga etmaganlar aniqlanib, ularning ota-onalariga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi bo`yicha hamda yuqoridagi kabi qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`ymasligi yuzasidan bir necha marotaba ogoxlatirilishiga qaramasdan, xulosa chiqarmagan, tadbirkorlarga MJtKning 188 prim 2-moddasi bo`yicha ma’muriy jazo qo`llanilishi yuzasidan tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi. Reyd tadbirlarimiz davom etadi.ESLATMA:MJtK- 188-prim2-modda. Voyaga etmagan shaxsning ko`ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo`lishiga yo`l qo`yish.(Dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga etmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o`rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko`rsatilgan muassasalarda bo`lishiga yo`l qo`yish -bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. Bog`ot tumani hokimligi axborot xizmati
4-02-2023, 12:55
Вернуться назад