DataLife Engine / “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”

“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman eʼlon qilingan boʻlib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning koʻplab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”munosabati bilan 36-son umumiy o'rta ta'lim maktabida davra suhbati o'tkazildi.Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga keng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.Tadbirda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Usmanova, Oila va xotin -qizlar bo'limi mutaxassisi U.Otajonova, tuma IIB xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi inspektori, leytenant N.Artiqovalar qatnashdilar.
11-02-2023, 12:55
Вернуться назад