DataLife Engine / «OQILA AYOLLAR» HARAKATI A’ZOLARI OILALARDA AJRIMLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA FIKR ALMASHDILAR

«OQILA AYOLLAR» HARAKATI A’ZOLARI OILALARDA AJRIMLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA FIKR ALMASHDILAR

«OQILA AYOLLAR» HARAKATI A’ZOLARI OILALARDA AJRIMLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA FIKR ALMASHDILAR Bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida Yangi O'zbekistonning yangicha tamoyillari asosida xotin-qizlar masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratilmoqda. «Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan xal qiluvchi omildir. Agar biz mehr- oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo'lgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu o'nta yaxshilik bo'lib qaytadi», degan edi, - davlatimiz rahbari o'z nutqlaridan birida. Bugun Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari Dilafruz Abdullayeva boshchiligida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida doimiy faoliyat yurituvchi jamoatchilik tuzilmasi –«Oqila ayollar» harakati a’zolari va mahalla faollari bilan ajrimlarning oldini olish, oilada qiz bola tarbiyasi, qaynona-kelin munosabatlarini yaxshilashga qatatilgan amaliy tadbirlari haqida fikr almashdilar.
14-02-2023, 12:50
Вернуться назад