DataLife Engine / «XALQ DAVLAT IDORALARIGA EMAS, DAVLAT IDORALARI XALQQA XIZMAT QILISHLARI KERAK» Shavkat Mirziyoev

«XALQ DAVLAT IDORALARIGA EMAS, DAVLAT IDORALARI XALQQA XIZMAT QILISHLARI KERAK» Shavkat Mirziyoev

«XALQ DAVLAT IDORALARIGA EMAS, DAVLAT IDORALARI XALQQA XIZMAT QILISHLARI KERAK» Shavkat Mirziyoev Bugun tuman hokimi Shavkat Yaxshibayevning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Bog‘ot tumani hokimligi binosida o‘tkazilgan qabul davomida 27 nafar fuqarolar o‘zlarini tashvishlantirayotgan muammolar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qildilar. Tuman rahbari har bir murojaatni atroflicha o‘rganish uchun tegishli soha mutaxassislarini jalb etdi. Murojaatlarning asosiy qismi davolanish uchun moddiy yordam olish, dehqon xo‘jaligi uchun yer maydonlari ajratilishi, uy-joy taʼmiri, mulkiy nizolar va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar xususida bo‘ldi. Asosiysi qabulga kelgan fuqarolarning aksariyati muammosi o‘z yechimini topganidan xursand bo‘lib ketdi. Yechimi muayyan muddat talab qiladigan arizalar ijrosi esa qatʼiy nazoratga olindi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
16-02-2023, 12:25
Вернуться назад