DataLife Engine / KASBIY TA’LIM XONALARI YANGIDAN TA’MIRLANMOQDA

KASBIY TA’LIM XONALARI YANGIDAN TA’MIRLANMOQDA

KASBIY TA’LIM XONALARI YANGIDAN TA’MIRLANMOQDA Bugun Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayev, tuman prokurori Alisher Ruzmetov, tuman IIB boshlig‘i Ergashbek Ahmedovlar mas’ul rahbarlar bilan birgalikda 2- sektor hududida joylashgan 30-son, 49-son umumta’lim maktablarida bo‘lib, maktablarda kasbga yo‘naltirish ishlarining olib borilishi hamda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharotlar bilan tanishdilar. Mazkur maktablarda xorijiy til o‘qitish hamda maktab qoshida tashkil etilayotgan kasbiy ta’lim xonalari, to‘garak xonalari faoliyati bilan tanishdilar. Maktab rahbarlari hamda o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘ldilar. Shuningdek, tuman rahbari tomonidan yangi ta’lim tajribasini maktablarda joriy etgan holda sektorma sektor mahallaning xususiyatidan kelib chiqib, maktablarning o‘zida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va xorijiy tillarning o‘qitilishini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘zining bir qator taklif va tavsiyalarini berdi.
17-02-2023, 12:00
Вернуться назад