DataLife Engine / MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI Bugun Bog‘ot tumani hokimligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, Bog‘ot tumani IIB bilan hamkorlikda “Bog‘ot tumanidagi 3- sektor hududida joylashgan “Tozabozor “MFYda 2022 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida ichimlik suvi ta‘minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar“ mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumani Bog‘ot tumanidagi 22-son maktab binosida bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanidan keyin jurnalist va blogerlar mahallada “Obod mahalla” dasturi ijrosi bilan qiziqdilar, suv inshootlarida, xonadonlarda bo‘lib aholi bilan suhbatlashdilar. Matbuot anjumanida 3- sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik E.E.Ahmedov jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berdi. BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
21-02-2023, 12:25
Вернуться назад