DataLife Engine / TUMAN RAHBARI BOG‘ZORLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

TUMAN RAHBARI BOG‘ZORLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

TUMAN RAHBARI BOG‘ZORLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDIBugun Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayevning tasdiqlangan reja- jadvalga muvofiq yoshlar bilan uchrashuvi va qabuli bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mahalla beshlgi xodimlari, mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari, biznes taklif loyihalari va muammolari bilan mahalla yoshlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarimiz tomonidan shirinliklar sexi ochish uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berishni so'rab “Oltiariq” ko‘chasida yashovchi Guli Yusupova murojaat etdi. “Shafaq” ko‘chasida yashovchi Azamat Ro‘ziboyev, Dadaxon Safarbayevlar oyna eshik romlarini yasash uchun stanoklar zarurligini, o‘z tadbirkorligini yo'lga qo'ymoqchiligini aytib murojaat qilishdi. Har bir yoshning murojaati tuman hokimi tomonidan tinglanib, mas'ullarga qonun doirasida o'rganib chiqib, belgilangan tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha ko'rsatmalar berildi. BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
22-02-2023, 09:25
Вернуться назад