DataLife Engine / "Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora -tadbirlari to‘g‘risida"

"Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora -tadbirlari to‘g‘risida"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi "Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora -tadbirlari to‘g‘risida"gi 72/16-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Bogot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari X.Jumaniyozov tomonidan Oltinqum shaharchasida yashovchi uy-joy ta'miriga muxtoj kam taminlangan fuqarolar D.Amatov, O.Yusupov, R.Tojiev , U.Amatov va R.Qurbonovlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, uchrashuvda og‘ir turmush sharoitidagi xonadon egalariga "NAZORAT TAXTA" lari berildi. Bundan tashqari yig‘ilgan mahalla faollariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408 sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 72/16-sonli qarorlari va davlat dasturlari asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida ham ma'lumotlar berildi.
13-03-2023, 12:25
Вернуться назад