DataLife Engine / TASHQI REKLAMA YOZUVLARI TARTIBGA SOLINMOQDA

TASHQI REKLAMA YOZUVLARI TARTIBGA SOLINMOQDA

TASHQI REKLAMA YOZUVLARI TARTIBGA SOLINMOQDA Bog‘ot tumani hokimligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan 1- sektor hududidagi Abu Rayxon Beruniy mahallasi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik subyektlarining tashqi reklama va axborot vositalarini davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O'rganishlar natijasida, 55 ta tashqi reklama va axborot vositalarining yozuvlarida davlat tiliga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlandi. Ushbu aniqlangan 55 ta holatning 33 tasi joyida bartaraf qilinib, qolgan 22 holat yuzasidan muammolarni bartaraf etish zarurligi mas’ullarga tushuntirildi. Bog‘ot tumani hokimi maslahatchisi Feruza Usmanova Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
12-04-2023, 10:30
Вернуться назад