DataLife Engine / Bog‘ot tumanida futbol boʻyicha DXX raisi kubogining g‘oliblari aniqlandi

Bog‘ot tumanida futbol boʻyicha DXX raisi kubogining g‘oliblari aniqlandi

Bog‘ot tumanida futbol boʻyicha DXX raisi kubogining g‘oliblari aniqlandi Bog‘ot tumanidagi “Istiqlol” istirohat bog‘ida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining Bog‘ot tumani bosqichi g’oliblarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari va DXX ma’sul xodimlari ishtirok qilib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg’alarni topshirdilar. Bu yilgi musobaqalarda qizlar futbol jamolari ham o’zaro kuch sinashdilar. Katta futbol bo'yicha: 1-o'rinni Namuna mahallasi yoshlari,2-o'rinni Oq oltin mahalla yoshlari,3-o'rinni Ma’naviyat mahallasi yoshlari egalladi. Mini-futbol o'g'il bolalar o‘rtasida: 1-o'rinni Paxtaobod mahallasi yoshlari,2-o'rinni Bo‘ka mahallasi yoshlari,3-o'rinni Yangi qadam mahallasi yoshlari egalladi. Mini-futbol qiz bolalar o'rtasida: 1-o'rinni 4- sektor qizlar jamoasi,2-o'rinni 1- sektor qizlar jamoasi3-o'rinni 3-sektir qizlar jamoalari egalladilar. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
31-05-2023, 12:55
Вернуться назад