DataLife Engine / Endilikda maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.

Endilikda maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.

Endilikda maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–99-son qaroriga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi. Shunga koʻra, 2023-yil 1-maydan huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi. Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Shuningdek, 2023-yil 1-sentabrdan:- sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;- bu boʻyicha maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning YAIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi. Bog‘ot tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Qalandarov
5-06-2023, 12:25
Вернуться назад