BARCHAMIZGA IBRAT BO‘LAYOTGAN EZGU ISHLAR
BARCHAMIZGA IBRAT BO‘LAYOTGAN EZGU ISHLAR
O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan g‘amxo‘rlik va xayru sahovat ko‘rsatish, kasallar, nogironlar holidan xabar olish azaliy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, o‘ksik dillarni shod etish - savob ishlar ichida eng ulug‘i sanaladi.
Tumanimizda ana shunday ezgu ishlar izchil olib borilmoqda.
Bugun Bog‘ot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Umid Yaqubov boshchiligidagi ishchi guruh tuman hokimi sektorida joylashgan «Navbahor» mahallasida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan, 1-guruh nogironi Zulayho opa Xo‘janiyozovaga nogironlik aravachasi yetkazib berdi.
Zulayho opaning kenja kelini «Prezidentimizga, hokimlarimizga tashakkur, qaynonamlarni juda quvontirdingiz, o‘zlari yura olmas edilar, siz bizga nogironlik aravachasi emas, qaynonam uchun yangi mashina olib keldingiz. Har doim ko‘chaga chiqaman desalar yurakim ezilar edi, mana endi onamni bemalol qo‘shni dugonalarining oldiga olib boraman katta rahmat!» deya hayajonlanib minnatdorlik bildirdi.
Bu esa barchamizga ibrat bo‘lib, ezgu ishlar davomiyligini ta’minlash bilan ko‘plagan mehrga muhtoj oilalarga quvonch va hayotga ishonch motivasiyasini bermoqda.
Ha, albatta, «Xayrli qo‘l qayrilmas» deydi dono xalqimiz, ibratli va xayrli ishlar qilinayotgan joyda, har qanday boshlangan ishda unum va baraka bo‘lishi shubhasiz.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
6-06-2023, 08:40
Вернуться назад