DataLife Engine / Sabzavotlar orasidagi quyosh panellari

Sabzavotlar orasidagi quyosh panellari

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sabzavotlar orasidagi quyosh panellari” sarlavhali tarqatilgan xabar yuzasidan Bog‘ot tumani prokuraturvsi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.Xususan, tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan birlashma binosining tomida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha 258405-sonli lot raqami bilan joylashtirilgan e’longa muvofiq tanlov o‘tkazilganligi, mazkur davlat xaridi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlashda xarid komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2022 yildagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib- taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-sonli qarori talablariga rioya qilinmaganligi aniqlanganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga maxsus axborot portali orqali 258405-sonli lot raqami bilan o‘tkazilgan savdoni bekor qilinishini ta’minlash bo‘yicha tegishli so‘rov xati yuborilganinini bildiramiz. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 258405-sonli lot bo‘yicha xarid komissiyasi raisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1758-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun JIB Bog‘ot tuman sudiga yuborilganini bildiramiz. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
14-06-2023, 10:36
Вернуться назад