DataLife Engine / BOG‘OTDA GʻALLA O‘RIMI BOSHLANDI

BOG‘OTDA GʻALLA O‘RIMI BOSHLANDI

BOG‘OTDA GʻALLA O‘RIMI BOSHLANDI Bugun yaxshi niyatlar bilan Bog‘ot tumani hududida joriy yilgi g‘alla o‘rimi mavsumiga start berildi. Bog‘ot tumanidagi “Yoqub bobo o‘g‘li Omon” fermer xo‘jaligi bug‘doy dalasida erta tongdan tuman hokimi boshchiligida hududdagi barcha fermerlar, bobodehqonlar, tumanimizning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi rahbarlari, sektor rahbarlari jam bo‘lishdi va mavsumni sifatli va betalofat o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilab olindi. Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov barcha fermerlarning xirmonlariga baraka tiladi, donni uvol qilmay o‘rib olish lozimligi, bug‘doy xalqimizning rizq-ro‘zi ekanligini alohida ta’kidladi. Imom xatiblar tomonidan Qur’on oyatlari tilovat qilinib, duolarining ijobatini tilashdi. Ma’lumot uchun: joriy yilda Bog‘ot tumanida 72 nafar fermerlar tomonidan 2 500 gektar maydonda g‘alla yetishtirildi. Sektor rahbarlari tomonidan o‘rim uchun tashkil qilingan otryadlarning mas’ullariga aniq topshiriq va vazifalar berildi. BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
11-06-2023, 10:50
Вернуться назад