DataLife Engine / "Yoshlar ishlari agentligi kubogi"

"Yoshlar ishlari agentligi kubogi"

Bog‘ot tumanida bugun sportning shaxmat turi bo'yicha sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" Respublika ochiq turnirining tuman bosqichi o'tkazildi. Ushbu respublika ochiq turniri havaskor ayollar va erkaklar o’rtasida yuqori saviyada tashkil etildi, musobaqada jami 7-yoshdan 70-yoshgacha bo'lgan jami 651 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.“Havaskor erkak” sovrinini "Qipchoq" mahallasidan Siddiqov Saidislom hamda “Havaskor ayol” sovrinini "Ma'naviyat" mahallasidan Olimboyeva Shaxrizoda qo‘lga kiritib, ushbu sport turining Xorazm viloyati bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar. Musobaqa jarayonlarda Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov ishtirok etdi va g‘oliblarga viloyat  bosqichida ham faxrli o‘rinlarni egallashlarida ulkan omadlar tiladi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
13-06-2023, 11:50
Вернуться назад