DataLife Engine / MAKTABLARNING BITIRUVCHILARIGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLAR TOPSHIRILDI

MAKTABLARNING BITIRUVCHILARIGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLAR TOPSHIRILDI

MAKTABLARNING BITIRUVCHILARIGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLAR TOPSHIRILDI Bog‘ot tumanidagi ilm dargohlarini 2022-2023-o‘quv yilida namunali xulqi va bilimdonligi bilan yakunlagan, boshqa o‘quvchilardan ajralib turgan o‘g‘il-qizlardan 49 nafari oltin va kumush medallarga sazovor deb topildi. Tuman hokimi Jahongir Nazarov bitiruvchilarni katta hayotga qadam qo‘yganlari bilan muborakbod etib, ularga oltin va kumush medallarni taqdim etdi, ota-onalariga barkamol farzand tarbiyalayotganlari uchun samimiy minnatdorligini bildirdi hamda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov tomonidan imzolangan tashakkurnomalarni ota-onalarga topshirdi. Taqdirlash marosimida tuman prokurori A.Ruzmetov, tuman IIB boshlig‘i E.Axmedovlar ishtirok etdilar. Bog‘itlik 57 нафар bitiruvchilarning milliy va xorijiy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalari talabalari bo‘lgani alohida eʼtirof qilindi.Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
16-06-2023, 12:45
Вернуться назад